Energetika vaziridan iste’fo masalasi so‘raldi
25-noyabr kuni AOKA press-xolida Energetika vaziri va tizim tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida kuz-qish mavsumida yuzaga kelayotgan muammolar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.
Matbuot anjumanida Energetika vaziriga «Agar soha holatini yaxshilay olmasangiz, jamoangiz bilan iste’fo masalasini ko‘rib chiqmaysizmi?» degan savol berildi.
Alisher Sultonov bu savolga quyidagicha javob berdi: «Bilasizmi, agar gap iste’foga… O‘ylaymanki, har bir rahbar javob berishga tayyor. Biz ishga kelganimizdanoq iste’foga tayyor bo‘lganmiz. Gap bunda emas. Gap har bir rahbar yoki mutaxassis o‘z ishini necha foiz bajarayotganida. Bilasizmi, bu ham oson emas. 24 soat ishda bo‘lyapmiz. To‘g‘ri, kamchiliklar judayam ko‘p. Lekin hozir hamma iste’foga chiqib ketsa, kim ishlaydi? Mutaxassislar o‘zi qolmayapti. O‘ylamanglar, hech kim o‘z joyini ushlab olmagan, lekin qanday qiyin bo‘lmasin, hamma o‘zining ishini qilishi kerak. Hamma o‘zining aravasini tortishi kerak. Biz ham shu ishni qilyapmiz, sizga o‘xshab».
«Tizim eskirgan, ammo biz harakat qilyapmiz», — deb qo‘shimcha qildi vazir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter