Istalgan ma’lumotlarni saqlab qo‘yishga qodir «Telegram» botlari
![Istalgan ma’lumotlarni saqlab qo‘yishga qodir «Telegram» botlari](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_320758951.jpg)
«Layfxaker» yozishmalarni saqlab qo‘yishda yordam beradigan «Telegram-bot»lar haqida ma’lumot berdi. Buning uchun siz «Instapaper» yoki «Pocket» servisida ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak, xolos.
«Telepaper» boti va «Instapaper» servisi
Mazkur bot ishini ta’minlaydigan algoritm qaydnomalar va maqolalarni saqlab qo‘yish uchun xizmat qiladigan «Instapaper» servisiga bog‘langan. «Telepaper» foydalanish juda oson — saqlab qo‘yishni istagan yozishmangizni unga xabar sifatida yuborasiz. Uni sozlash uchun bir-ikki daqiqa kifoya qiladi.
- Agarda siz «Instapaper»da ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, uning rasmiy saytida qisqa ro‘yxatga olish jarayonidan o‘tib, «Create an Account» punktini tanlang.
- Ro‘yxatga olish jarayoni tugaganidan so‘ng, sizning shaxsiy pochta manzilingiz kerak bo‘ladi. Ushbu havolani oching yoki shaxsiy kabinetiz ekranining pastki qismida Help → How to Save tanlang va «Email» ilovasiga o‘ting. Elektron pochtadan nusxa olishni unutmang.
- Endi telegramingizga «Telepaper» botini qo‘shsangiz bo‘ladi. Brauzer orqali havolani ochib, dasturga o‘tishga ruxsat bering.
Bot bilan dialogni ishga tushiring. «Start» tugmasini bosing va buyruqni kiriting.
Bot pochtangiz ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgani bilan sizni tabriklaydi. Endi u havola va qaydnomalarni saqlab qo‘yishga tayyor.
«Instapaper» «Telepaper» boti bilan aloqada quyidagi prinsip asosida ishlaydi: siz maqolaning havolasini yoki o‘zingizga qiziq bo‘lgan materialni «Telegram» orqali botga yuborasiz. Shundan so‘ng havola «Instapaper» servisi orqali ko‘rsatilgan pochtaga jo‘natiladi.
«Pocket bot» boti va «Pocket» servisi
«Pocket» — internet tarmog‘idagi istalgan ma’lumotni alohida dasturda saqlab qo‘yish imkoniyatini taqdim etadigan yana bir servis. «Telegram» orqali havolalarni «Pocket bot» orqali saqlab qo‘yish ancha qulay.
- Agarda siz «Pocket»da ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, uning rasmiy saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishni amalga oshiring.
- Endi «Telegram»dagi bot orqali aloqa o‘rnatish kerak. Uni «Start» tugmasi orqali ishga tushirib, kontaktlaringiz ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying.
Bot «Pocket» servisida avtorizatsiyadan o‘tish havolasini sizga yuboradi. Uni ochib «Pocket»dagi login va parolingizni kiriting. Ochilgan sahifada «Ruxsatni taqdim etish» belgisini bossangiz, bot sizning «Pocket»dagi qaydnomalaringizga kira oladi.
- Havolalar yoki qaydnomalarni qo‘shish uchun shunchaki botga xabar yuborish kifoya, u shu zumdayoq uni servisdagi sizning shaxsiy kabinetingizga qo‘shib qo‘yadi.
Shuningdek, bot teglardan foydalana oladi. Bunda # belgisidan foydalangan holda teg nomini ko‘rsatish kifoya qiladi.
«Telegram» botlarining «Instapaper» va «Pocket» servislari bilan integratsiyasi sizga qiziqarli maqolalarni, noyob materiallarni va foydali qaydnomalarni saqlab qo‘yishda yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter