Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiq yana kuchaymoqda — «O‘zgidromet»

Issiq yana kuchaymoqda — «O‘zgidromet»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 24-28 iyul kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Boshlangan haftaning katta qismida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Kunduz kunlari harorat 39-42 darajaga, janubda va cho‘l hududlarda, shuningdek 24-25 iyul kunlari respublika shimolida ba’zi joylarda 43-44 darajaga yetadi.

27 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga, 28 iyulda respublikaning barcha hududlariga Qozog‘iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib keladi va harorat 35-38 darajagacha, janubda 40-42 darajagacha biroz pasayadi.

Bunday harorat hafta oxirida ham saqlanib turadi.

Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-22 m/m gacha kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 24 iyulda kunning ikkinchi yarmida va hafta oxirida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtimizda: 24-27 iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat 24-27 iyulda 39-42 daraja, 28 iyulda 38-40 daraja bo‘ladi.

Eslatilishicha, ushbu haftada kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, havo harorati o‘tgan yillarda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichlarga yetib bormaydi. Shunday qilib, respublika hududining katta qismida eng issiq iyul oylarida maksimal havo harorati 43-46 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 47-49 darajani tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring