Isroilda rus mafiyasi sardoriga bir qancha ayblovlar qo‘yildi
Quddusda prokuraturaIsroildagi rus mafiyasining yetakchisi deb atagan Mixail Tanskiyni tovlamachilikda, odam o‘g‘irlashda va boshqa bir qator jinoyatlarda ayblagan. Bu haqda newsru.co.il xabar bermoqda.
Shuningdek, uning ikki sherigi Dmitriy Chervinskiy va Vladislav Kozchukga ayblov e’lon qilindi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilarni qo‘lga olish uchun politsiya maxfiy agentdan foydalanishga majbur bo‘lgan.
Tanskiy va yana 15 kishi 20sentyabrda hibsga olingan. Ular qurol va giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, shantaj, tahdid, reket, qurollardan noqonuniy foydalanish, zo‘ravonlik, odam o‘g‘irlash va noqonuniy ozodlikdan mahrum qilishda ayblanmoqda.
Israelinfo yozishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 38 yoshli Tanskiyni 2021 yilning yozida hibsga olishga uringan. Ta’kidlanishicha, u Ashdodda Ukrainadan yollangan jangarilarni taklif qilib, to‘qnashuv uyushtirgan. Ammo jinoyatchiga qarshi ko‘rsatma berishga jur’at etadigan guvohni topishning iloji bo‘lmagani bois, politsiya faqat Tanskiyni Ashdoddan quvib chiqarishga erishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter