Isroil uch haftaga to‘liq yopiladi

Isroilda 18-sentyabrdan uch haftalik to‘liq karantin joriy etilmoqda. Ushbu qarorni mamlakat hukumati qabul qilgan.
Lokdaun juma kuni soat 14.00 dan boshlanib, uch hafta davom etadi (yahudiylarning ayrim bayramlari shu kunlarga to‘g‘ri keladi). Karantin odamlarning harakatlanishini cheklaydi, hayotiy eng zarur ishlab chiqarish turlaridan boshqa barcha faoliyat turlari — ta’lim muassasalari, restoran va kafelar, ishxonalar yopiladi, deb yozmoqda «Yediot Axronot» nashri.
Bayramlar paytida to‘liq karantin joriy etish taklifi koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hukumat komissiyasidan chiqqan.
«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus qayd etilishi bo‘yicha Isroil jahon mamlakatlari orasida 25-o‘rinda, Osiyoda 10-o‘rinda.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter