Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Rafahga quruqlikdan hujumini boshladi

Isroil Rafahga quruqlikdan hujumini boshladi

Isroil harbiylari HAMAS harakatiga qarshi G‘azo shimolidagi Jabaliya hududiga quruqlikdagi amaliyotlarini boshladi. SAXAL avvalroq bu hududda HAMAS a’zolari borligi va guruhning terrorchilik infratuzilmasi tiklangani haqida razvedka ma’lumotlari olganini iddao qilgandi.

Quruqlikdagi operatsiya boshlanishidan oldin HAMAS nishonlari deb hisoblagan o‘nlab ob’yektlarga havo zarbalari berilgan. Bir necha HAMAS a’zolari o‘ldirilgani xabar qilingan.

Ayni paytda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha garovga olinganlarni ozod qilish va Falastin anklaviga insonparvarlik yordamini ko‘paytirishga chaqirdi. Shu bilan birga, Guterrish o‘t ochishni to‘xtatish hali boshlanishi ekanligini ta’kidladi.

«Urush natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilik va jarohatlarni qayta tiklash uchun uzoq yo‘l bosish kerak bo‘ladi. G‘azo xalqi oyoqqa turish va hayotlarini qayta qurish uchun turli davlatlar bilan uzoq muddatli hamkorlikka muhtoj bo‘ladi», – deydi BMT Bosh kotibi.

Euronews’ning yozishicha, harbiy harakatlar Isroilga hujum qilishga tayyorlanayotgan bir nechta tunnel va raketa otish moslamalari topib yo‘q qilingan Rafah shahrida olib borilyapti. Shahardan 300 mingga yaqin falastinlik qochishga ulgurgan. To‘qnashuvlar G‘azo shahrining Zaytun hududida ham sodir bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring