Isroil bosh vazirining yuragi operatsiya qilindi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yurak stimulyatori implantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Binyamin Netanyaxuning yurak stimulyatori operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan va hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Netanyaxu hamon kardiologiya bo‘limi shifokorlari nazoratida, uning kasalxonadan chiqish sanasi hali aniqlanmagan.
Avvalroq, bosh vazir idorasi Netanyaxu Tel-Aviv chekkasidagi «Tel Xashomer» shifoxonasi markazida yurak stimulyatori o‘rnatish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyul kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hushini yo‘qotib, shifoxonaga yotqizilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter