Isroil bosh vaziri nega mudofaa vaziri lavozimiga o‘tdi?
«The Times of Israel» yozishicha, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga o‘tishini e’lon qildi. Netanyahu o‘z qarorini mamlakatda «siyosiy o‘yinlarga o‘rin yo‘q harbiy kampaniyalar» qizg‘in pallaga kirgani bilan izohladi, deya xabar bermoqda «Meduza».
Siyosatchining aytishicha, hukumatni tarqatib yuborish va navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish hozir eng mas’uliyatsiz qaror hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, Isroil xavfsizligi siyosatdan va kimlarningdir manfaatidan xoli bo‘lishi shart.
Mudofaa vaziri lavozimi 14-noyabr kuni — Isroil hukumatining G‘azo sektorida HAMAS bilan yarashuviga qarshi bo‘lgan Avigdor Liberman iste’fo berganidan so‘ng vakantga aylandi. Uning ortidan mudofaa vaziri bo‘lishga da’vogar ta’lim vaziri Naftali Benet ham iste’foga chiqish niyati jiddiyligini eslatib qo‘ydi.
O‘tgan haftada G‘azo sektoridagi falastinliklar Isroilga raketalardan zarba berdi. Bu Isroil G‘azoda maxsus amaliyot o‘tkazishi natijasida HAMAS yetakchilaridan birining halok bo‘lishiga qarshi javob edi. O‘z navbatida, Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi nishonlarga qarata zarbalar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter