Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishni «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi

Isroil BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishni «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi

Isroil tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishni «persona non grata», ya’ni «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi va unga mamlakatga kirishni taqiqladi.

«Bugun men BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterishni «persona non grata» deb e’lon qildim va mamlakatga kirishini taqiqladim. Dunyoning deyarli har bir davlati qilganidek, Eronning Isroilga qilgan jirkanch hujumini so‘zsiz qoralay olmasa, Isroil tuprog‘iga qadam qo‘yishga haqli emas» – deydi Isroil tashqi ishlar vaziri Izrael Kats.

U, shuningdek, BMT Bosh kotibini HAMASning Isroilga nisbatan harakatlarini qoralamaganlik yoki ularni terrorchi tashkilot deb e’lon qilish uchun biron bir harakatga rahbarlik qilmaganlikda ayblagan. Shu bilan birga Antoniu Gutterishni «BMT tarixida dog‘ bo‘lib qolishi»ni va «Isroil o‘z fuqarolarini himoya qilishda Antoniu Guterresh bilan yoki usiz ham davom etishi»ni ta’kidlaydi.

Ma’lumot uchun, Oxfam nashri tahlillariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida G‘azoda isroillik harbiylar tomonidan o‘ldirilgan ayollar va bolalar so‘nggi yigirma yil ichida sodir bo‘lgan boshqa mojarolarga qaraganda ko‘proq.

Ayrim ma’lumotlarda so‘nggi 12 oy ichida G‘azoda isroillik harbiylar tomonidan 6000 dan ortiq ayol va 11 ming bola halok bo‘lgani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring