Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniya yaqin kelajakda Toshkentda o‘z elchixonacini ochadi

Ispaniya yaqin kelajakda Toshkentda o‘z elchixonacini ochadi

O‘zbekiston Ispaniyani Yevropadagi ishonchli va istiqbolli hamkor deb biladi va rasmiy Madridning yaqin kelajakda Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishlaydi.

Bu haqda Polshaning Lodz shahrida O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norov hamda Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vaziri Xose Manuyel Albares Buyeno o‘rtasida 1-dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etildi.

Muloqotda O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari O‘zbekiston-Ispaniya ko‘p qirrali hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishgan.Tomonlar, shuningdek, joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundining samarali natijalarini qayd etib, ushbu shakldagi muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tashqi iqtisodiy aloqalar ko‘rsatkichlarini oshirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, mamlakatimiz bozori imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Ispaniyaning yetakchi kompaniyalarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ham fikr almashdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring