Ispaniya: sobiq qirol mamlakatni tark etishga qaror qildi
«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Ispaniya sobiq qiroli, korrupsion mojaroga aralashib qolgan Xuan Karlos mamlakatni tark etishi haqida qirollik saroyi ma’lum qildi.
Sobiq qirol qayerga ketishi ochiqlanmagan, «El Mundo» nashriga ko‘ra, u allaqachon Ispaniyani tark etib bo‘lgan.
Advokatining ma’lum qilishicha, Xuan Karlos istalgan holatda, agarda prokuratura lozim topsa, uning ixtiyorida bo‘ladi.
Xuan Karlos 2014-yili o‘g‘lining foydasiga taxtdan voz kechgan, ammo qirol maqomini saqlab qolgandi.
Korrupsion mojaroga to‘xtaladigan bo‘lsa, Xuan Karlos Saudiya Arabistonida, Makka — Madina tezyurar temiryo‘li qurilishida vositachilik qilib saudiyaliklardan pora olganlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid: Ispaniya qiroli merosdan voz kechdi — korrupsion mojaro
Shu mojarodan so‘ng Filipp otasi Xuan Karlosning merosi va qolaversa, noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin istalgan boyliklari, investitsiyalar va moliyaviy tuzilmalardan voz kechgandi. Bundan tashqari, Filipp VI ning qarori bilan davlatning sobiq rahbari, ya’ni otasiga qirollik saroyi g‘aznasidan pul berilishi to‘xtatilgan edi.
Ispaniya prokuraturasi Xuan Karlosga qarshi iyun oyida ish ochgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter