Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islandiya Yevropada birinchi bo‘lib barcha COVID-cheklovlarni bekor qildi

Islandiya Yevropada birinchi bo‘lib barcha COVID-cheklovlarni bekor qildi

Foto: «Report.az»

Islandiya Yevropa mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib barcha COVID-cheklovlarni bekor qildi. «RIA Novosti» xabar berishicha, bu haqda orol-mamlakat hukumati rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Kovid-cheklovlar Islandiyada o‘tgan yilning mart oyida kiritilgandi. Hozirga kelib mamlakat aholisining 87 foizi kamida bir marta, 60 foizi to‘liq vaksinalangan.

Ertangi yakshanbadan boshlab islandlar ijtimoiy masofani saqlashga majbur emaslar. Niqoblar taqish, ko‘pchilik bo‘lib to‘planishga cheklovlar ham endi bekor.

«Biz o‘zimiz intilgan o‘sha qulay jamiyat hayotiga qaytmoqdamiz», — dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Svandis Svavarsdottir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring