Ish haftasi oxirida ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazi boshlangan hafta uchun kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Harorat foni iqlim me’yorlaridan 8-10° ga ko‘p bo‘ladi va 15-20° iliq, janubda 22-27° iliq atrofida bo‘ladi.
16-fevraldan 18-fevralgacha Eron hududlarining janubidan juda iliq havo kirib kelishi kuchayadi. 18-fevral kuni eng issiq kun bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 13-15° ga ko‘p bo‘ladi va meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi.
Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
18-19-fevral kunlarida bosim o‘zgarishida respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter