Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator Iqbol Mirzo yangi inspeksiya tuzishni taklif qildi

Senator Iqbol Mirzo yangi inspeksiya tuzishni taklif qildi

Foto: «Turon24»

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Iqbol Mirzo Davlat tili inspeksiyasini tuzish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda «Turon24.uz».

Bu haqda u 22-oktyabr kuni O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bo‘lib o‘tgan konferensiyada aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur inspeksiya davlat tashkilotlari va boshqa ayrim muassasalarda Davlat tili to‘g‘risidagi qonunga rioya etilishini nazorat qiladi.

Bugun xabar qilganimizdek, O‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida bir qator takliflar, muhokamalar kuzatildi.

Iqbol Mirzo konferensiyada o‘zbek tiliga va uning alifbosi borasidagi muammolarga yuqoridagi taklifini berarkan yana quyidagilarni qo‘shib o‘tdi:

  • davlat va nodavlat tashkilot muassasalarida hamda internetda elektron lug‘atlarni ko‘paytirish, jiddiy rivojlantirish;
  • davlat tilidagi matnlar-adabiyotlarni ko‘paytirish;
  • davlat tiliga hurmatsizlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirish kiritishni jiddiy tahlil qilgan holda amalda tatbiq qilish kerakligini ta’kidladi.

Tadbir davomida lotin yoki kirill alifbosiga o‘tish borasidagi muhokama o‘z doirasida ko‘plab o‘zbek tili taraqqiyoti yo‘lidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgani ta’kidlandi va muhim taklif hamda g‘oyalar tahlili muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring