O‘zbekistonda cheksiz internet narxi ikki barobarga arzonlashdi
30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, internet tezligini oshirish yuzasidan anjuman o‘tkazishi haqida xabar qilgan edik.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining internet tarmog‘iga chiqish narxlarini pasaytirish, shuningdek ulanish tezligini oshirish va 2020-yilga kelib MDH davlatlari darajasigacha ko‘tarishdek topshiriqlarini bajarish bo‘yicha «O‘zbektelekom» AKning hisobotini taqdim etildi.
Unda 1-dekabrdan boshlab, tarmoqda 2 Mbit/s tezlikka ega kafolatlangan cheksiz internet uchun eng arzon narx 88 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum qilindi. Bu avvalgi narxga nisbatan ikki baravarga arzondir.
Endi internet «gacha» qo‘shimchasi ishlatilmaydi. Tarifda ko‘rsatilgan tezlik to‘liq ta’minlanadi. Masalan, 5 Mbit deyilgan bo‘lsa, shu tezlikda ishlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter