Internet klubidagi janjalda 21 yoshli yigit jarohat oldi
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki ommaviy mushtlashuv bo‘lganligi haqidagi xabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 22.00 larda Yakkasaroy tumanidagi internet klublaridan birida, 2002 yilda tug‘ilgan A.B. va tanishi 2002 yilda tug‘ilgan M.A. o‘zaro gap talashib qolganligi sababli ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Natijada fuqaro M.A. tan jarohati olib, kasalxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter