Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internat-maktab tarbiyalanuvchisi kaltaklangani holati yuzasadan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Bosh prokuratura

Internat-maktab tarbiyalanuvchisi kaltaklangani holati yuzasadan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi - Bosh prokuratura

Videodan skrinshot. 

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan 103-sonli yordamchi internat-maktabi tarbiyalanuvchisi kaltaklanganligi haqida video-lavha tarqalgandi. Ko‘p o‘tmay  Bosh prokuratura matbuot xizmati lavhada tasvirlangan holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlanganligi yuzasidan bayonot berganidan ham xabardorsiz.

Bugun mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov  voqelik yuzasidan qo‘shimcha axborot berdi. Unga ko‘ra, internat-maktabning voyaga yetmagan tarbiyalanuvchisi (qiz) tanasida «o‘ng yelka sohasi va o‘ng ko‘krak sohasi, o‘ng ko‘krak sohasi ostki qismlari yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi hamda ko‘karishi» kabi tan jarohatlari borligi aniqlanib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va tegishli davo choralari tavsiya qilingan.

Shu bilan birga voyaga yetmagan qizning tanasidagi jarohatlarining kelib chiqish mexanizmi va og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring