Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyaning Bali orolida G20 sammitining birinchi sessiyasi boshlandi

Indoneziyaning Bali orolida G20 sammitining birinchi sessiyasi boshlandi

Bugun 15 noyabr kuni Indoneziyaning Bali orolida G20 davlat rahbarlarining oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga bag‘ishlangan ikki kunlik sammitining birinchi sessiyasi boshlandi.

Birinchi sessiyasida Indoneziya prezidenti Joko Vidodo kelajak avlodlar uchun «urushni tugatish» chaqirig‘i bilan chiqdi.

«Biz nafaqat xalqlarimiz, balki butun dunyo xalqlari oldida mas’uliyatlimiz. Bunday vaziyatda mas’uliyatli bo‘lish biz nol yig‘indisi vaziyatlarni yaratmasligimiz kerakligini anglatadi va bu urushni tugatishimiz kerakligini anglatadi», – deya ta’kidladi Vidodo.

Sessiya oldidan Yevropa Kengashi prezidenti Charlz Mishel matbuot anjumani o‘tkazdi va u Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazib, go‘yoki dunyoda oziq-ovqat inqirozini qo‘zg‘atgan davlat sifatida Rossiyaga qarshi ayblovlarni takrorladi.

Uning ta’kidlashicha, oziq-ovqat inqirozini hal qilishning eng yaxshi yo‘li Ukrainadagi mojaroga barham berishdir.

Sammit sessiyalari yopiq eshiklar ortida o‘tmoqda.

Ma’lumot uchun, ikkinchi sessiya ham bugun bo‘lib o‘tadi va unda global sog‘liqni saqlashga e’tibor qaratiladi. Raqamli transformatsiya bo‘yicha uchinchi sessiya esa chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring