Indoneziyadagi zilzila oqibatida 162 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Indoneziyaning Chianjur okrugi (G‘arbiy Yava provinsiyasi)da 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 162 kishi halok bo‘lgan, ularning aksariyati maktab yoshidagi bolalar ekani aytilmoqda. 326 kishi og‘ir jarohat olgan.
Provinsiya gubernatori Ridvan Komilning ta’kidlashicha, xavfli hududlardan 13 ming 784 kishi ko‘chirilgan. 2 300 dan ziyod uyga jiddiy talafot yetgan, ayrim uylar batamom yakson bo‘lgan.
Gubernator Chianjur fojiasining asosiy qurbonlari bolalar ekanini bu hududda ko‘plab maktab-internetlar joylashgani bilan izohladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter