Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada vaksina olganlarga tovuq berilmoqda

Indoneziyada vaksina olganlarga tovuq berilmoqda

Foto: Willy Kurniawan / Reuters

Indoneziyaning G‘arbiy Yava hududida joylashgan Chianjur shahrida vaksina qabul qilgan qari insonlarni tovuq bilan rag‘batlantirish tajribasi yo‘lga qo‘yildi.

Hukumat ushbu qarori bilan katta yoshdagi aholini emlashga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otmoqchi. Mahalliy politsiya boshlig‘i Aprian Galixning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda preparatga bo‘lgan tanqidlar sababli qariyalar vaksina qabul qilishdan bosh tortayapti. Ayrim fuqarolar emlash koronavirusdan himoya qilmaydi, aksincha, boshqa turdagi kasalliklarni keltirib chiqarib, hatto o‘lim holatiga olib keladi deb hisoblaydi. Shu sababdan mahalliy politsiya idorasi, okrug rahbariyati hamda tibbiyot markazlari birlashib, odamlarni emlashning boshqacha usulini yo‘lga qo‘yishdi. Endi vaksina olganlarga bittadan tovuq berilmoqda.

Mamlakat SSV ma’lumotiga ko‘ra, 50 yoshdan oshgan 20 foiz aholini koronavirusga qarshi emlanmagan. Politsiyachining ta’kidlashicha, ilgari 200 nafar odamdan 25 nafarigina emlanayotgan edi, hozirda esa kunlik emlanmoqchi bo‘lganlar soni 250 nafardan oshmoqda.

Ma’lumot uchun, shunga o‘xshash rag‘batlar boshqa davlatlarda ham yo‘lga qo‘yilgan. Misol uchun, Tailandda COVID-19 qarshi emlanganlar sigir va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Moskvada esa vaksina qabul qilganlar avtomobil yutib olishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring