Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi: qurbonlar va jarohatlanganlar bor
Kecha, 14-yanvar kuni Indoneziyada 6,2 balli yer osti silkinishlari sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida G‘arbiy Sulavesi viloyatida uch kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohat olgan.
Indoneziya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy agentligi xabarida qariyb 2 ming kishi o‘z uylarini tark etgani aytiladi. Tabiiy ofat oqibatida 60 dan ortiq bino, xususan, mahalliy gubernator ofisi hamda mehmonxonaga shikast yetgan. Shuningdek, ayrim joylarda ko‘chkilar yuz bergan.
Zilzila markazi Pare-Pare shahridan 139 kilometr shimoli-g‘arbda, 8 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter