Indoneziyada dahshatli tabiiy ofat: 40 kishi halok bo‘ldi
«Jakarta Post» xabariga ko‘ra, Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasiga qarashli Sumedang shahrida yuz bergan ko‘chkilar natijasida 40 kishi halok bo‘lgan.
G‘arbiy Yava provinsiyasi ma’muriyatining qayd etishicha, ko‘chkilar natijasida 1126 kishi zarar ko‘rgan. Uch kishi og‘ir, 22 kishi yengil darajada jarohat olgan.
Manbalarda ta’kidlanishicha, 26 ta turar-joy binosi ko‘chki tufayli jiddiy zarar ko‘rgan.
Janubiy Kalimantanning tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi mintaqaning beshta tumanini suv toshqini tufayli suv bosgani haqida aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter