Indoneziyada «Boeing 737» halokatga uchradi
Indoneziyaning «Lion Air» aviakompaniyasiga qarashli, Jakartadan Pankalpinangga parvozni amalga oshirayotgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda «Reuters» agentligi Indoneziya qutqaruv xizmatlariga asoslanib xabar berdi.
«Boeing 737 MAX 8» samolyoti bortida, ma’lumotlarga ko‘ra, 188 kishi, jumladan, yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Havoga ko‘tarilgan samolyot oradan 13 daqiqa o‘tib radardan yo‘qolib qolgan.
«Lion Air» rahbari Edvard Sirait voqeani sharhlashdan bosh tortdi: «Ayni paytda bir narsa deyishga erta. Biz barcha ma’lumotlarni yig‘ishimiz kerak».
Indoneziya hukumati samolyot qulagan joyga (dengizga) uchta qutqaruv kemasi va bitta vertolyotni yo‘llagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter