Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 yoshli indoneziyalik 49 kun ummonda qolib ketdi

18 yoshli indoneziyalik 49 kun ummonda qolib ketdi

Foto: «AA.com»

Indoneziyada to‘lqinlar girdobiga tushib qolgan bola 49 kun mobaynida baliq tutib, kun kechirdi, deya xabar beradi «Haber7.com».

«Jakarta Post» gazetasining xabariga ko‘ra, shu yil 14 iyul kuni G‘arbiy Sulevasi shtatiga qarashli Guam shahri qirg‘oqlarida baliq tutayotgan bolani ulkan to‘lqinlar o‘z girdobiga tortib, okeanga eltib tashlaydi. Oradan 49 kun o‘tib Aldi Novel Adilang ismli 18 yoshli bolani yo‘lovchi kemasi qutqarib, oilasi bag‘riga qaytaradi.

«49 kun mobaynida ummon o‘rtasida baliq ovlashga mo‘ljallangan to‘rlar ustida jon saqladim. Oldimdan 10 ta kema o‘tdi. Ularga o‘zimni ko‘rsatish uchun qo‘ldan kelgan barcha imkoniyatni ishga soldim, lekin uddalay olmadim», – degan Aldi Novel Adilang.

Adilangning bir necha kungagina yetadigan oziq-ovqati bo‘lgan, shu sababli u baliq tutib, kun kechirishga majbur bo‘lgan. Suvni esa kiyimi orqali filtrlagan.

Yigitni qutqargan kema Yaponiya sari harakatlanayotgan bo‘lgan. Hozir uning sog‘lig‘i yaxshi.

Taxtadan yasalgan va bir kishi sig‘adigan baliq tuzoqlari G‘arbiy Sulevasi shtatida ko‘p qo‘llaniladi. «Rompong» nomini olgan jihozning kuragi ham, motori ham yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring