Ikki samolyot to‘qnashuvida uch kishi va bir it halok bo‘ldi (foto)
AQSh transport xavfsizligi milliy kengashi (NTSB) o‘tgan oy Kaliforniya shtatining Uotsonvill munitsipal aeroporti yaqinida yuz bergan ikki samolyot to‘qnashuvi tafsilotlarini ochiqladi. Bu haqda Newsweek xabar berdi.
Parvozlar bo‘yicha ekspert Maks Traskott ta’kidlashicha, ikki motorli Cessna samolyoti to‘qnashuvdan qochish uchun so‘nggi lahzalarda o‘ngga burilgan, biroq bir necha soniyaga kechikkan. Ikkinchi samolyot (u ham Cessna) esa juda tez kelayotgandi.
To‘qnashuv oqibatida uch kishi va bir it halok bo‘lgan. Bir samolyotda uchuvchi Karl Kruppa va yagona yo‘lovchi o‘z iti bilan, ikkinchi samolyotda esa bir uchuvchi bo‘lgan.
«Qora quti»dagi yozuvlar to‘qnashuvdan oldin uchuvchilar o‘zaro gaplashganini ko‘rsatdi. Ularning biri ikkinchisini juda tez kelayotgani haqida ogohlantirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter