Ikki oyda qariyb 200 ming tonna benzin ishlab chiqarildi
2022 yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 foizga oshgan.
2022 yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 196 ming tonna
— Ko‘mir – 878,6 ming tonna
— Neft – 118,3 ming tonna
— Gaz kondensati – 230 ming tonna
— Yengil avtomobil – 39 922 dona
— Avtobus – 68 dona
— Yuk avtomobillari – 425 dona
— Avtomobil dvigatellari – 32,8 ming dona
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter