Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki hududda «prava» bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Ikki hududda «prava» bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro D.T. fuqaro A.S.ga go‘yoki IIBda ishlovchi tanishlari orqali hech qanday o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan «V.», «S.» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 400 AQSh dollari va 400 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Amudaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «A.P.» MChJ avtomaktabi instruktori O.X. fuqaro Sh.U.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring