IIV xodimi Urganchga hokim bo‘ldi
Rajabov Bunyod Madirimovich xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
B. Rajabov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Urganch shahri hokimi lavozimida ishlagan O.Xolboyev Shovot tumaniga hokim etib tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter