IIV sobiq o‘rinbosari yangi lavozimni egalladi
Prezidentning 2019-yil 18-noyabrdagi qarori bilan Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev lavozimidan ozod qilingan edi.
O‘zAning xabar berishicha, u Qo‘qon shahar IIO FMBga boshliq etib tayinlangan.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 2014-2016-yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018-yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
U 2018-yilning dekabr oyi oxirida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Shuningdek, 2019-yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev endilikda Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter