Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV mulla Mahmud Hasanning Toshkentga tashrifi yuzasidan fuqarolarni ogohlantirdi

IIV mulla Mahmud Hasanning Toshkentga tashrifi yuzasidan fuqarolarni ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkentga mashhur tabib Ali Mahmud Hasan keldi» nomli turli xil ma’lumotlar tarqalmoqda.

Mulla Mahmud Hasan ismli shaxs muqaddas Qur’on oyatlarini o‘qigan holda tibbiyotda davolash imkoni bo‘lmagan (falaj, ko‘zi ojiz) kasalliklarni davolaganligiga oid ma’lumotlar tarqatib, tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.

Ushbu video tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, shov-shuvga aylanib borayotgan, fuqarolarni tez to‘planib qolishiga olib kelayotgan holatlari kuzatilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda karantin qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring