Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV Akademiyasiga kiritishni va’da qilgan ayol qo‘lga tushdi

IIV Akademiyasiga kiritishni va’da qilgan ayol qo‘lga tushdi

19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IIV ShXXB JIED xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

Unda 1980 y.t. M.R ismli ayol muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jazo o‘tab kelayotganligiga qaramasdan Yuksalish ko‘chasida fuqaro G‘.X.ni 5.000 AQSh dollari evaziga O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga o‘qishga olib kirib qo‘yishini va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan oldindan kelishilgan pullardan 1.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun: yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring