IIBB xodimi xizmat mashinasida odam urib ketdi
6-aprel kuni Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida taxminan soat 19:30da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi «Lasetti» xizmat avtomobilini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan.
Qayd etilishicha, piyoda – ayol kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. IIBB tomonidan ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi belgilandi.
Xabarda aytilishicha, Chilonzor tumani prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter