Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIBB tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: IIBB

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari etib podpolkovnik Rahmatov Doniyor Baxtiyorovich tayinlandi.

U 1980 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2002 yilda Toshkent shahar IIBB O‘quv markazini tamomlab, Uchtepa tumani IIB profilaktika inspektori lavozimidan boshlagan. 2006 yildan 2018 yilga qadar Shayxontohur tumani IIO FMBda profilaktika inspektori, profilaktika katta inspektori, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i v.b., huquqbuzarliklar profilaktikasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2018 yildan 2020 yilga qadar Yunusobod tumani IIO FMBda rahbarlik lavozimlarida xizmat olib borgan.

Chilonzor tumani IIO FMB 1-sonli Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib podpolkovnik Sobirova Shoira Salohiddinovna («Qatortol», «1-Qatortol», «Lutfiy», «Oq tepa», «Nafosat», «Bog‘zor» mahalla fuqarolar yig‘inlari) tayinlandi.

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 4-sonli Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib mayor Solijonov Shuhrat Rahmatullayevich («Chimyon», «Sultoniya», «Gulsanam», «Katta Qorasuv», «Sho‘rtepa», «Shukur Burxanov», «Alisher Navoi» mahalla fuqarolar yig‘inlari) tayinlandi.

Mirobod tumani IIO FMB 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Rustamov Botir Qahramonovich tayinlandi. («Inoqobod», «Navro‘z», «Tong yulduzi», «Baynalminal», «Istiqlolobod», «Mirobod», «Yangi Mirobod», «Temiryo‘lchilar», «Zaminobod», «Birodarlik» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Yashnobod tumani IIO FMB 4-sonli Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Fayzullayev Sherzod Erkinovich tayinlandi («Navro‘zobod», «Birlashgan», «Parvoz», «Dilbog‘», «Iltifot», «Nodira», «Shoxmardon», «Shoxsanam», «Yanginur», «Oydinko‘l», «Donishmand» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Yashnobod tumani IIO FMB 5-sonli Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Muhammadiyev Otabek Rustamovich tayinlandi («Uysozlar», «O‘rta masjid», «Yangiqo‘rg‘on», «Bexizor», «Tarnovboshi», «Katta Yangiobod» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Yashnobod tumani IIO FMB 6-sonli Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Haqnazarov Baxodir Baxtiyarovich tayinlandi («Qo‘yliqobod», «Yangi davr», «Bunyodkor», «Katta qo‘yliq», «Mumtoz», «Iqbol» mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring