«ICTWEEK UZBEKISTAN 2024» haftaligida «IT Ladies Uzbekistan» jurnalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi (video)
«ICTWEEK UZBEKISTAN 2024» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida IT sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar va muammolar»ga bag‘ishlangan konferensiya ham tashkil etilgan bo‘lib, uni Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ochib berdi.
IT sohasining turli jihatlari, jumladan, muhokama qilish zarur bo‘lgan mavzular bo‘yicha bir qator spikerlarning chiqishlari orqali esa ishtirokchilar kasbiy rivojlanish, innovatsiyalar va yetakchilik borasidagi bilimlarini mustahkamlab, axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi ayollarning faoliyat yo‘llari bilan yaqindan tanishib, ular duch kelgan qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganliklarini ham bilib olishdi.
Bundan tashqari, ushbu konferensiyadan IT sohasida muvaffaqiyatli karera qurishga intilayotgan ayollarni ilhomlantirish va o‘zaro tenglikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Dunyoni oldinga siljitadigan tashabbuslar» panel muhokamasi ham o‘rin olgan.
Konferesiya yakunida ishtirokchilar «IT Ladies Uzbekistan»: IT sohasidagi ayollar uchun cheksiz imkoniyatlar jurnalining taqdimoti« bilan tanishishdi.
«ICTWEEK UZBEKISTAN 2024» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini xabar.uzda kuzatib boring!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter