O‘zbekistonda «Brand» xalqaro biznes jurnali taqdimoti o‘tkazildi (foto)
Poytaxtimizdagi «Hilton» mehmonxonasida «Brand» jurnalining O‘zbekistondagi ilk taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xorijiy mehmonlar, mahalliy hamda xorijiy investorlar, tadbirkorlar, turizm sohasi egalari, biznes hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
«Brand» xalqaro biznes jurnali — xalqaro va mahalliy bozordagi tadbirkorlar, shaxsiy brend egalari bilan investitsiya olamidagi dolzarb mavzularda eksklyuziv va tahliliy maqolalardan iborat qiziqarli axborot platformasiga aylanishi uchun nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham o‘z ishini boshlagani qayd etildi.
«Brand» jurnali bosh muharriri Nafosatxon Tojiboyevaning ma’lum qilishicha, nashr shaxsiy brend egalari, investorlar, biznes vakillari, turistlardan iborat katta auditoriyani qamrab olishni maqsad qilgan. Jurnalda dunyoning mashhur insonlari bilan eksklyuziv intervyular, global loyihalardagi ishtirok, dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumotlar ham yoritiladi.
Jurnalning nishona soni rus va ingliz tillarida 5000 adaddan ortiq nusxada chop etilgan. Qayd etilishicha, nashrning ijtimoiy tarmoqdagi barcha rasmiy sahifalari o‘zbek tilida yuritiladi.
Jurnal mamlakatimizning yirik shaharlaridan tashqari BAA, Turkiya, Buyuk Britaniya, AQShga tarqatilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter