Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlovlar
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV saytida xabar berildi.
Jumladan
podpolkovnik Almatov Dilshod Tulkinovich — Toshkent viloyati Ohangaron tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
mayor Aripov Abid Adilovich — Toshkent viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Tashpulatov Xojiakbar Mamatg‘oziyevich — Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
podpolkovnik Xidirov Bahrom Maxamatovich — Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
podpolkovnik Asqarov Dilmurod Qobilovich — Farg‘ona viloyati Quva tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
podpolkovnik Muminov Shuxrat Azimovich — Farg‘ona viloyati Rishton tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
kapitan Norov Sherali Abduraimovich — Surxondaryo viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter