Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziriga uchta o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vaziriga uchta o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

General-mayor Ikromov Azizbek Isroilovich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Ikramov Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

General-mayor Mirzarahimov Bahodir Yuldashevich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring