Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga saylandi
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, ayni paytda Qo‘mitada O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Po‘lat Bobojonov federatsiya raisi lavozimiga ushbu tadbirda saylangan.
Ma’lumot uchun, Voleybol federatsiyasini o‘tgan yilning 4-fevralidan buyon sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshqarib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter