Ichki ishlar tizimining «qorindor» xodimlari ishdan chetlatilishi mumkin
O‘zbekiston Ichki ishlar tizimidagi vazni belgilangan me’yordan ortiq xodimlarga javob bervorilishi mumkin. Bu haqda vazirlik bo‘lim boshlig‘i Farid Abdiyevga asoslanib, «Sof.uz» ma’lum qildi.
Abdiyevga ko‘ra, tizimdagi vazni belgilangan normadan ortiqcha bo‘lgan xodimlar alohida ro‘yxatga olingan. Shuningdek, ularga o‘z vazni ustida ishlashlari uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilib, har biri ogohlantirilgan. Tibbiy muassasalar tomonidan tibbiy yo‘nalish va ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ushbu kadrlar bilan alohida mashqlar o‘tkazilgan.
«O‘z ustida ishlamagan va ortiqcha vaznini yetarli me’yorga tushirmagan xodimlar yangi yil choragida attestatsiyadan o‘tkaziladi va ularning Ichki ishlar tizimida o‘z faoliyatini davom ettirish yoki davom ettirmaslik masalasi hal etiladi», — dedi Abdiyev.
Ma’lum qilinishicha, keyingi 2020-yilning birinchi choragi davomida asosiy xizmatlar, xususan, YPX tizimlarida attestatsiya o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter