Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvanda mast haydovchilar uchun «noxush» jazo kuchga kirdi

Tayvanda mast haydovchilar uchun «noxush» jazo kuchga kirdi

Foto: «Odditycentral»

Tayvanning Gaosyun shahri hokimligi spirtli ichimliklar ichib mashina boshqaradiganlarni tarbiyalashning yangi usulini qo‘llashga o‘tdi.

Mahalliy «Odditycentral» gazetasi yozishicha, alkogol ichib mashina boshqarayotganda ushlanganlar endilikda o‘likxonalarga ishlashga yuboriladi — toki o‘lim yoqasida bo‘lish nimaligini yaxshiroq his etib, to‘g‘ri yo‘lga tushishlari uchun.

2021-yilning so‘nggi kunlaridan birida yuz bergan noxush voqea gaosyunliklarni qattiq larzaga soldi: navbatdagi YTHda bir odam o‘lib, uch kishi jarohatlandi. Mudhish hodisa aybdori mast haydovchi ekani aniqlangach, shahar hokimligi maxsus chora qo‘llashga qaror qildi.

Mer chiqargan qarorga ko‘ra, bundan buyon ichib mashina haydayotganda ushlanganlar o‘likxonalarga soatbay ishlashga yuboriladi. Aybdorlardan  11 nafari allaqachon «yangi ish»li bo‘lgan: o‘likxonalardagi sovutgichlar va krematoriylarni tozalash bilan band.

Maqsad aslo haydovchilarni jazolash emas, balki birovlarning hayotini hurmat qilish, shu asnoda mashina haydashdan oldin spirtli ichimliklardan tiyilish ko‘nikmasini shakllantirish ekani ta’kidlanmoqda.

Aytishlaricha, atigi 4 soat o‘likxonada ishlagan ayrim haydovchilar tavbasiga tayanib bo‘lishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring