«Humo» to‘lov kartalari qachon muomalaga chiqishi ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning may oyidan boshlab «Humo» kartalari umum foydalanish uchun muomalaga chiqariladi. Bu haqda Banklararo milliy protsessing markazi vakillar maxsus tashkil qilingan matbuot anjumani ma’lumotiga asoslanib «Xalq so‘zi» ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, yil oxiriga qadar mazkur to‘lov tizimi butun O‘zbekiston bo‘yicha to‘la tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda mazkur karta test rejimida Markaziy bank va bir qator tijoriy bank xodimlari tomonidan ishlatib ko‘rilmoqda.
Shu kunga qadar mazkur to‘lov tizimi kartalaridan foydalanish uchun 47 900 terminal o‘rnatilgan. Aynan mazkur ishlar sabab to‘lov tizimi nisbatan kechroq ishlab chiqarilgan. «Humo» terminallari «Master Card», «VISA» kartalarini qabul qilish imkoniga ham ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter