Hovlingiz ozodayu, ko‘changiz rasvo bo‘lsa yarashadimi?
Saytimizga o‘quvchilardan murojaat kelib tushdi. Unda har doim dolzarb bo‘ladigan masala-chiqindilar muammosiga e’tibor qaratilgan.
«Rasmda ko‘rib turganingizdek, keyingi paytlarda «odat»ga aylanayotgan aholi xonadonidagi axlat ko‘chaga chiqarilib qo‘yilmoqda. 2-3 kunda «Toza hudud» mashinasi kelsa, uni olib ketadi. Kelmasa, ko‘chani «bezab» yotaveradi.
Har kim o‘zi yashab turgan hovlisini ozoda tutishga harakat qiladi. Axlat yig‘ilib qolishini xohlamaydi. Shu sabab, tashqariga mashina olib ketishiga yaqinroq qo‘yishni istashadi. Lekin bu to‘g‘rimi? Hovlingiz ozoda bo‘lsa-yu ko‘changiz, eshigingizning yoni rasvo bo‘lsa yarashadimi?
Bu holatni har bir xonadon o‘ziga axlat tashlaydigan yashik olib bartaraf etishi mumkin. Shunda xalta, paqirdagi axlatlar sochilib yotmasdi, daydi itlar kamayardi. Muhimi, ko‘chalarimiz ko‘rki buzilmasdi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter