Mutasaddi va puldorlarga taklif — ko‘chaga otangiz nomini qo‘yib, ta’mirlang
O‘zbekistonda ko‘chalarni ta’mirlash va sifatini nazorat qilib borishni ushbu ko‘chaga o‘z otasi nomini qo‘yishni istaganlarga yuklash taklif etildi.
«Bizda kim ko‘p, otasining nomini ko‘chalarga qo‘ymoqchi bo‘lganlar ko‘p. 5-6 yil oldin shunaqa urinishlar ko‘payib ketgan edi. Nazarimda, hukumat sal boshqacha yo‘l tutib, taqiqlash emas, bunaqa urinishlardan xalqqa nafi tegadigan tarzda foydalanish yo‘lidan borish kerak.
Dabdalasi chiqib yotgan yo‘llarni — ular Toshkentdagi mahallalarda ham juda ko‘p — puldorlarga otasining nomini ko‘chaga qo‘yish sharti bilan bo‘lib berish lozim: yonidan xarajat qilib, yaxshilab ta’mirlasin, keyin ham otaliqqa olib, o‘ydim-chuqurlarini yamab tursin. Ham otasini ulug‘laydi, ham xalqqa yordami tegadi.
Ular «otangga rahmat» degan savobni olib turish uchun o‘sha ko‘chalarni o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi aniq», — deb yozadi @fikr kanali.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter