Toshkent shahridagi bir qator ko‘chalar nomlari o‘zgarishi mumkin
Mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat va adabiyot rivojiga munosib hissa qo‘shgan 11 nafar atoqli shaxslarning yubileylari keng nishonlanishi kutilmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli farmoyishi loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2020-yil davomida ma’rifatparvar alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi, O‘zbekiston xalq artistlari Olim Xo‘jayev va Soyib Xo‘jayev tavalludlarining 110 yilligi, O‘zbekiston xalq yozuvchilari Said Ahmad, Asqad Muxtor hamda atoqli olimlar Sa’di Sirojiddinov va Ibrohim Hamroboyevlar tavalludining 100 yilligi, O‘zbekiston xalq shoiri Jumaniyoz Jabborov tavalludining 90 yilligi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludining 80 yilligi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Shavkat Rahmon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam hamda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludlarining 70 yillik yubileylari keng nishonlanadi.
Qayd etilishicha, tavallud sanalari nishonlanadigan ijodkorlar va olimlarning yashagan xonadonlarga yodgorlik lavhalari o‘rnatish, Toshkent shahridagi ko‘chalarga ularning nomlari berilishi ko‘zda tutilgan.
Muhokama joriy oyning 25 sanasiga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter