Hokimlik xodimi qo‘lga tushdi — Bosh prokuratura
Asakada hokimlik mas’uli $8 ming pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati Asaka tuman hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limiga qarashli bo‘lgan «G‘.Yoqubov» massivi raisi N.S. $8 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda qo‘lga olinganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
N.S. fuqaro A.A.dan uning nomiga mazkur massivda joylashgan «Oqbo‘yra agro» fermer xo‘jaligi yer maydonidan 30 sotix yer maydonini olib berish evaziga $15 ming talab qilib, undan $8 mingni olayotgan vaqtda ushlangan.
Unga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter