Hokim o‘rinbosari qimor o‘ynayotgani tasviri tarqaldi
23-noyabr kuni tarmoqda «Qimorboz mansabdorlar» izohi bilan Forish tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farrux Amirovning qimor o‘ynayotgani aks etgan fotosurat va unga nisbatan jazo belgilash zarurligiga ishora qilingan ma’lumot tarqaldi.
Mazkur ma’lumot yuzasidan Forish tumani IIB JXX tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan fotosurat 2010-yilning mart oyida olingan va o‘sha paytda F.A. hech qayerda ishlamagan.
Holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Jizzax viloyati IIB ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, avval Pastdarg‘omda mahalla raisi qimorbozligi sabab ishdan ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter