Hokim o‘rinbosari bankka boshliq bo‘ldi
Mirishkorda 8 oy hokimni birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan xodim viloyatdagi banklarning biriga boshliq bo‘ldi.
Mirishkor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sardor To‘rayev yangi lavozimda ish boshladi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘rinbosar «Mikrokreditbank» Qashqadaryo filialiga rahbar etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Sardor To‘rayev 2020-yilning dekabr oyi so‘nggida «Mikrokreditbank» ATB Koson filiali boshlig‘i lavozimidan Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter