Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hisor» qo‘riqxonasida yovvoyi to‘ng‘iz, kaklik va ayiq «radar»ga tushdi (foto)

«Hisor» qo‘riqxonasida yovvoyi to‘ng‘iz, kaklik va ayiq «radar»ga tushdi (foto)

Videodan kadr.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasi tabiiy majmualarida yovvoyi cho‘chqalar keng tarqalgan tur hisoblanadi.

Qo‘riqxona hududida o‘rnatilgan videoqopqonlar yordamida olingan tasvirlarda chuchqa bamaylixotir yurganligi kamera ob’yektiga muhrlandi.

«Hisor» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlarga tushgan tasvirlarda ba’zan tabiat go‘zalliklari o‘ziga xos uyg‘un tarzda namoyon bo‘ladi. Yana bir videotasvirda ham kaklikning sayrashi ham tiniq holda kameraga muhrlangan. Kuzatishlarga ko‘ra, kaklik qo‘riqxonaning G‘ilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bo‘limlarida ko‘proq uchrashi aniqlangan.

Videodan kadr.

Shuningdek, qo‘riqxona xodimlarni o‘rnatgan qurilma  Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ini ham suratga oldi. 

Videodan kadr.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring