Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hisor» qo‘riqxonasida qor qoplonlari fotoqopqonga tushdi

«Hisor» qo‘riqxonasida qor qoplonlari fotoqopqonga tushdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga qor qoploni (ilvirs) muhrlandi.

Qor qoploni yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning I ilovasiga kiritilgan.

Soni doimo kam bo‘lgan. Boshqa ko‘chib yuruvchi hayvonlar bilan bir qatorda qor qoplonini asrashga ham mintaqa doirasida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi logotipida aynan qor qoploni tasvirlandi  hamda bu hayvon yashaydigan 12 ta davlat hukumatlari tomonidan qor qoploni va ekotizimlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, «Hisor» davlat qo‘riqxonasi 1983 yilda tashkil etilgan. Qo‘riqxona Qashqadaryo viloyatidagi Hisor tog‘ tizmasining janubiy qismida, dengiz sathidan 1750 metrdan 4349 metrgacha balandlikda joylashgan. Qo‘riqxona 4 ta bo‘limga bo‘lingan bo‘lib, bular G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring