Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayapti

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 26-mart kuni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.

«Hindistonning mamlakatimizdagi Elchixonasi rahbari sifatida diplomatik missiyasini yakunlayotgan Manish Prabxat janoblari bilan uchrashdik. Biz Elchi janoblarining faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deydi TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, Manish Prabxat 2020-yil 16-oktyabrda o‘zining ishonch yorliqlarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga topshirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring